O‘zbekiston Qirg‘izistonning seldan zarar ko‘rgan hududiga insonparvarlik yordami yubordi

O'zbekiston kuchli sel-suv toshqinlaridan jabr ko'rgan Qirg'iziston xalqiga insonparvarlik yordami yubordi

Shu munosabat Botken viloyatidagi Qizil-Qiya chegara nazorat o'tish punktida O'zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o'rinbosari Sanjar Zuparov, O'zbekiston bosh konsuli Zafarbek Axmedov va Qirg'iziston rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Insonparvarlik yordami hodisadan eng ko'p zarar ko'rgan Nookat tumani hokimligiga topshirildi.

95 tonna yuk un, shakar, o‘simlik yog‘i boshqa oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat. Qirg'iziston tomoni insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

28-iyun kuni O'sh va Botken viloyatlarida kuchli yomg'ir yog'ishi sababli, sel-suv toshqinlari yuzaga keldi. Ushbu tabiiy ofat natijasida 10 dan ortiq odamlar, jumladan yosh bolalar vafot etdi hamda ko'plab aholi punktlari zarar ko'rdi, 1300 dan ortiq aholi esa doimiy yashash joyidan ko'chirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70702 | Инструменты