Xalqaro ijtimoiy ta’minot assosiatsiyasi Bosh Assambleyasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkilotga a’zo bo‘lish uchun bergan arizasini tasdiqladi.
1927 yil tashkil etilgan Xalqaro ijtimoiy ta’minot assosiatsiyasi aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida yagona siyosatni amalga oshirish bo‘yicha yetakchi xalqaro tashkilotdir. O‘z doirasiga 160 mamlakatdan 320 ga yaqin milliy ijtimoiy ta’minot institutlarini birlashtiradi.
Ijtimoiy sohada qator xalqaro tashkilotlar, birinchi navbatda, Xalqaro mehnat tashkiloti, BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va sohaga oid boshqa muassasalar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
Xalqaro ijtimoiy ta’minot assosiasiyasi faoliyati o‘z a’zolariga butun dunyo bo‘ylab dinamik ijtimoiy siyosat, ijtimoiy himoya va xatarlarni tahmin qilish bo‘yicha standartlar, zaruriy ko‘rsatmalar ishlab chiqadi va samarali yo‘nalishlarni belgilaydi, tadbirlar orqali hamkorlik va tajriba almashinuvni rivojlantiradi. Tadqiqot va tahlillarni amalga oshirib borish orqali amaliy, innovatsion yondashuvlarni hamda o‘zgarishlarni boshqarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.
Xalqaro ijtimoiy ta’minot assosiatsiyasiga a’zolikning ijobiy tomonlari ijtimoiy ta’minotni boshqarishda tan olingan standartlarga kirish va xalqaro ijtimoiy ta’minot assosiatsiyasiga a’zo mamlakatlar hududida migrantlarning ijtimoiy himoya ta’minoti sohasidagi huquqlari kafolatini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Shuningdek, Xalqaro ijtimoiy ta’minot assosiatsiyasining ijtimoiy sohada mukammallik sertifikatini olish uchun xalqaro ko‘rsatma va yaxshi amaliyot yechimlarini o‘rganish tashkilotning asosiy qadriyatlariga kiritilgan.
Pensiya jamg‘armasi xalqaro tashkilotning rasman a’zosi sifatida sohaga tegishli proaktiv xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha Xalqaro ijtimoiy ta’minot assosiatsiyasining seminarida ishtirok etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80402 | Инструменты