Huawei 1
O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi tayinlandi

Ashraf Xo‘jayev O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Dunyo” AA xabar berdi.

Qayd etilishicha, 11-fevral kuni O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Qatar poytaxti Dohaga tashrif buyurdi. Dohaga tayinlanishidan oldin u TIVning Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan.

43 yoshli diplomat Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Pekin universitetini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.

TIV tizimidagi faoliyatini 2005-yilda referent sifatida boshlagan. O‘tgan yillar davomda u vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, Nyu-York shahridagi O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasida va Buyuk Britaniyadagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan.

2018-yildan e’tiboran Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy diplomatiya departamenti boshqarma, bosh boshqarma boshlig‘i va direktori bo‘lib faoliyat olib borgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122305 | Инструменты