Huawei 1
Oybek Shahavdinov TIVning  Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig'i v.b. etib tayinlandi

O'zbekiston tashqi ishlar vazirining buyrug'i bilan Oybek Shahavdinov Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Oybek Shahavdinov 1977-yilda Xorazm viloyatida tug'ilgan. Oilali. Uch farzandning otasi.

Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya) hamda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.

Ingliz, turk va fransuz tillarini biladi.

Tashqi ishlar vazirligi tizimida 2004-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Vazirlik Markaziy apparati, tasarrufidagi tashkilotlar hamda O'zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda mehnat faoliyatini amalga oshirgan.

Bugunga qadar Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi bo'lim boshlig'i sifatida ishlab kelgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91622 | Инструменты