Huawei 2
O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida qiymati $12 mlrd  bo‘lgan 10 ta bitim imzolandi

O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan umumiy qiymati $12 mlrd bo‘lgan 10 ta sarmoyaviy bitim imzoladi, deya xabar bermoqda Saudiya davlat telekanali.

Eslatib o'tamiz, bugun O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik. Unda Prezident birinchi bo'lib Madina shahri ziyorat qilishi, hamda kunning ikkinchi qismida Jidda shahrida oliy darajadagi O‘zbekiston-Saudiya sammitining rasmiy tadbirlari bo‘lib o‘tishi xabar berilgan edi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga