Huawei 1
O'zbekiston va Turkmaniston hukumatlari o'rtasida bitim imzolandi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 1996-yil 16-yanvardagi O'zbekiston va Turkmaniston hukumatlari o'rtasida uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo'nalishlari to'g'risida bitimga erkin savdo rejimidan istisnolar to'g'risida bayonnoma tasdiqlandi.

Bayonnoma 2024-yil 16-iyulda Toshkent shahrida imzolangan.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qo'mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organlar etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Qozog'iston, Qirg'iz, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston Respublikalari o'rtasida yoshlarga oid siyosatning umumiy yo'nalishlari to'g'risidagi bitim ratifikatsiya qilingan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13022 | Инструменты