O'zbekistonda IT mutaxassisligi bo’yicha “ikki diplomlik” magistratura dasturini ishlab chiqish maqsad qilinmoqda
Joriy yilning 9-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi binosida, vazir o‘rinbosari Bobur Abdinazarov Janubiy Koreyaning Adju universiteti prezidenti Kichu Choy (Keechoo Choi) boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Tadbirning rasmiy qismida tomonlar ilm-fan sohasida, xususan, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va Adju universiteti o’rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Ushbu anglashuv memorandumidan ko‘zlangan asosiy maqsadlar bu hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, IT (MBA in IT) mutaxassisligi bo’yicha “ikki diplomlik” (double degree) magistratura dasturi, kelgusida qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish va ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazish hisoblanadi.
Ma’lumot uchun: Adju universiteti xususiy universitet bo‘lib, Janubiy Koreyaning yetakchi muhandislik universiteti hisoblanadi. Universtiteting akademik dasturlari va tadqiqotlarining kuchli tomonlari bu muhandislik, IT, BT (biznes texnologiyalari), NT (tabiiy fanlar va texnologiyalar), tibbiyot, biznes va xalqaro tadqiqotlarini ishlab chiqishidir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60614 | Инструменты