Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov Petrograd rayonidagi uyning yettinchi qavatidan tushib ketgan bolani qutqarib qolgan o‘zbekistonlik Xayrullo Ibodullayevni taqdirladi. Bu haqda shahar maʼmuriyati matbuot xizmati xabar qildi.
Gubernator Ibodullayevga bolani qutqarish chog‘ida ko‘rsatgan jasorat va fidoyiligi uchun «Qutqarishdagi jasorat uchun» ko‘krak nishonini topshirgan. Unga esdalik soati ham sovg‘a qilingan.
«Bu ishingiz uchun minnatdorchilik bildiraman – bu chinakam mardonalik. Siz o‘zingiz haqingizda o‘ylamadingiz. O‘zingiz jarohat oldingiz, ammo yetti yoshli bolaning hayotini saqlab qoldingiz. Butun shahrimiz sizga katta rahmat aytadi. Bunday ezgulik hech qachon unutilmaydi. Oilangiz siz bilan faxrlanishi mumkin», – degan gubernator marosimda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22518 | Инструменты