Huawei 1
Prezident elektrotexnika eksporti 1 milliard dollarga yetganini ta'kidladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiyalarni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Unda sohada faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq tajribali tadbirkorlar ham ishtirok etmoqda.

Davlat rahbari yaratilgan imkoniyatlar hisobiga so‘nggi yetti yilda sohaga 1 milliard dollar investitsiya kiritilganini taʼkidladi. Natijada 762 ta yangi korxona ishga tushgan, 45 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Ishlab chiqarish hajmi 1,8 barobar o‘sdi, yillik daromadi 100 milliard so‘mdan oshgan korxonalar 6 tadan 25 taga ko‘paydi. Tarmoqdagi korxonalar hisobidan byudjetga tushum 8 barobar oshdi.

Mahsulotlarimiz eksport bo‘layotgan davlatlar so‘nggi uch yilda 2 karra oshib, 62 taga yetdi.

Prezident elektrotexnika eksporti 1 milliard dollarga yetgani, to‘qimachilikdan keyingi ikkinchi mahalliy sanoat tarmog‘iga aylanganini taʼkidladi.

Lekin, shu bilan birga smart karta, generator, telekommunikatsiya vositasi, ofis texnikasi kabi yana bir qator elektrotexnika mahsulotlarini o‘zimizda chiqarish imkoniyati borligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mintaqamizdagi 5 milliard dollarlik bozor imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayapti.

Prezident hamma davlatlar ichki bozorining himoyasiga qattiq kirishgan sharoitda yagona yo‘limiz – sifatni taʼminlash va tannarxni tushirish orqali mahsulotimiz raqobatdoshligini oshirish ekanini taʼkidladi.

Bunga tarmoqdagi qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirish orqali erishish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91903 | Инструменты