Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi.
Davlat rahbariga G‘alaba bog‘i hududida mustaqillik yillarida Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan majmua barpo etish loyihasi taqdimot qilindi.