Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va Bosh vaziriga taʼziya yo‘lladi

Avvalroq, Hindistonda diniy marosimdagi tiqilinch oqibatida 120 dan ortiq kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik

Prezident Shavkat Mirziyoyev Uttar-Pradesh shtatida sodir bo‘lgan fojia oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Hindiston prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga taʼziya yo‘lladi.

Davlat rahbari qurbonlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70702 | Инструменты