Prezident Urganch shahrida “Lazgi” va “Avesto” muzeylarini tashkil qilishni taklif qildi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Prezident Xorazmni asosiy drayveridan biri bo‘lgan turizmni rivojlantirish bo‘yicha 3 yillik dastur qabul qilinishini aytdi.

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tushumi 3 yil davomida Xorazmni o‘zida qoldiriladi.

Sayyohlarga bir yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirish uchun “O‘zbekiston – mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinadi.

Shu bilan birga, qator tumanlarda mehmonxonalar yetishmasligi qayd etildi.

Endilikda mehmonxona va dam olish maskanlarini qurish, mavjud o‘rinlarni ko‘paytirish uchun 7 yilga 2 yil imtiyozli davr bilan 18 foiz stavkada kreditlar beriladi.

Urganch shahrida “Lazgi” va “Avesto” muzeylarini tashkil qilish taklif qilindi.

Yana bir imkoniyat – xorijiy sayyohlar Xorazm taomlarini sevib isteʼmol qilishadi.

Lekin bu taomlarni na mamlakat ichida, na chetda ko‘rsatish uchun harakat, targ‘ibot qilinmayapti.

Shu munosabat bilan Xiva shahrida 24 soat ishlaydigan restoran, kafe va ovqat rastalarini ishga tushirish muhimligi qayd etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты