Huawei 1
Xorazmda kichik va o‘rta biznesni yana-da qo‘llab-quvvatlash uchun 100 mln dollar ajratiladi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

O'zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, aholga munosib yashash sharoitlarini yaratish, bandlikni taʼminlash bo‘yicha barcha kuch va imkoniyatlar safarbar etilayotgani taʼkidlandi.

Lekin, tobora o‘zgarib borayotgan talab va ehtiyojlar mutasaddilar va viloyat rahbariyati oldiga yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda.

Davlat rahbari viloyatdagi zaxiralarni ishga solishning yangi imkoniyatlarini belgilab berdi. Xorazmliklar mehnatkash, intiluvchan, izlanuvchan, yangilik yaratuvchi xalqligini, ularga faqat sharoit qilib berish kerakligini taʼkidladi.

Prezident bugun muhokama qilinadigan tadbirlarga 1,1 milliard dollar va 10 trillion so‘m yo‘naltirilayotganini taʼkidladi.

Xorazmda kichik va o‘rta biznesni yana-da qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli shartlarda 100 million dollar ajratilishi belgilandi. Buning hisobidan 5,5 ming tadbirkorga ko‘mak berilib, 50 mingta doimiy ish o‘rni yaratiladi.

Amudaryo ustidan yangi ko‘prik qurilishi ko‘p yillik muammoni hal qildi. Eng muhimi, aholini 2 soat vaqti tejaladigan bo‘ldi, temir yo‘lda yuk tashish xarajatlari 1 ta vagon uchun 600 ming so‘mga arzonlashayapti.

Bu – tabiiy xomashyo zaxiralari kam bo‘lgan Xorazm tadbirkorlari uchun yangi imkoniyat, sanoat va xizmatlar uchun esa juda katta turtki.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120413 | Инструменты