Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga tashrifi yakunlandi.
Koʻhna Xiva shahrida oʻtgan oliy darajadagi tadbirlar doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Qasim-Jomart Toqaev ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar, mintaqaviy ahamiyatga molik jihatlar yuzasidan fikr almashdilar.
“Xiva gilamlari” kombinati faoliyati, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar koʻrgazmasi bilan tanishildi.
Xiva shahridagi Ichan-qal'a majmuasining tarixiy obidalari va Nurillaboy saroyi ziyorat qilindi.
Urganch xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Shavkat Mirziyoyev kuzatib qoʻydi. Soʻng O'zbekiston rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122306 | Инструменты