Qozog‘istonning Turkiston viloyatida O‘zbekiston bilan chegaragacha boradigan yangi Darboza-Maqtaorol temiryo‘l liniyasi qurilishi boshlandi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov xabar qildi.
Qayd etilishicha yo‘l uzunligi 152 kilometrni tashkil qiladi.
“Biz yuk tashish hajmi qo‘shimcha ravishda 10-14 million tonnaga oshishini prognoz qilamiz. Kelajakda esa 20-25 million tonnagacha oshirish mumkin. Toshkent uzelini aylanib o‘tgan ushbu uchastka har ikki yo‘nalishda ham ancha tez yuk tashish imkonini beradi”, — deya xulosa qildi Kanat Almagambetov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122311 | Инструменты