O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. Qayd etilishicha, Shohrux Shorahmedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Raqobat qo‘mitasi raisligidan ketgan.
Shohrux Shorahmedov 1977-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1998-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1999-yilda esa Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini tamomlagan.
U mehnat faoliyati davomida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, prezident administratsiyasi Ijro etuvchi apparati bosh konsultanti bo‘lib ishlagan.
2019-2020-yillarda — moliya vazirining o‘rinbosari, 2020-2021-yillarda — sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari, 2021-2022-yillarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi bo‘lgan.
Shohrux Shorahmedov 2022-yil dekabr oyi oxirida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi etib tayinlangandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90809 | Инструменты