Huawei 1
Saida Mirziyoyeva Dubay amirligi valiahdi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva BAA Bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa vaziri, Dubay amirligi valiahdi shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid Ol Maktum bilan uchrashdi. 

Muloqot davomida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarining keng doirasi, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

"Ishonamanki, yuqori darajadagi forum doirasida o‘tkazilgan bu uchrashuv O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi yaqin va do‘stona munosabatlarni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi", — dedi Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92800 | Инструменты