5 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida oliy darajadagi o‘zaro ishonch va yaqin muloqotga asoslangan munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlar 2025 yil ikki tomonlama hamkorlikni yana-da mustahkamlashda muhim va samarali bosqich bo‘lganini taʼkidladilar.
Shuningdek, parlamentlararo muloqotlarni kengaytirish, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonch bildirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20613 | Инструменты