Sanjay Sherali Jo'rayev qo'shiqlaridagi she'rdan noqonuniy foydalangani uchun maʼmuriy javobgarlikka tortildi. U BHMning 1000 baravarigacha miqdorda tovon to'lashga majbur bo'lishi mumkin
29-iyunda Intellektual mulk agentligiga Oʻzbekiston Respublikasi Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyatining mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini himoya qilishda amaliy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi murojaati kelib tushgan. Undagi murojaatda fuqaro S.Djavberdiyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Sherali Joʻrayev qalamiga mansub “Gulbadan” hamda “Atirgulim atringni soch” nomli sheʼriy asarlardan huquq egasining ruxsatisiz, noqonuniy tarzda foydalanganligi holati taʼkidlangan. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabarbermoqda.
Ma'lum qilinishicha, agentlik tomonidan olib borilgan oʻrganishlar natijasida murojaatda keltirilgan holatlar oʻz tasdigʻini topgan.
Unga ko'ra:
Shu oʻrinda Oʻzbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 62-moddasiga muvofiq huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar obyektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish hisoblanadi.
Agentlik tomonidan fuqaro S.Djavberdiyevga nisbatan holat yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzilib, maʼmuriy javobgarlik masalasi koʻrib chiqish uchun tegishli sudga yuborilgan.
Mazkur maʼmuriy ish materiallari 2021-yilning 20-sentyabr kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy shahar sudi tomonidan koʻrib chiqilib, fuqaro S.Djavberdiyevga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1771-moddasi birinchi qismi bilan jarima jazosi qoʻllanilgan.
Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, joriy yilning 20-avgust kuni davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasini yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq muallifga mualliflik huquqi va turdosh huquqlari buzilgan taqdirda, bunday huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslardan zarar qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda tovon toʻlashini talab qilish huquqi berildi.
"Endilikda mazkur oʻzgartirishni inobatga olgan holda huquq egasi oʻz mualliflik huquqlarini buzgan huquqbuzardan sud tartibida oʻzlariga yetkazilgan zarar qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda tovonni toʻlashini talab qilishi mumkin.
Shu oʻrinda, agar oʻz ijod namunangizga oid kino asarlar, koʻrsatuvlar va boshqa mualliflik asarlaringiz sizning ruxsatingizsiz hech qanday shartnoma rasmiylashtirilmagan yoki asaringiz butunligi buzilgan (ayrim qismlari olib tashlangan) holda telekanallar orqali ommaga namoyish etilgan taqdirda Intellektual mulk agentligiga murojaat qilishingizni va asarlaringizga boʻlgan huquqlaringizni oʻz vaqtida tiklashingizni eslatib oʻtamiz.
Endi muallif oʻz huquqlarini bilishi, huquqbuzar esa arzimagan miqdordagi jarimani toʻlab keta olamasligi barchaga maʼlum.
Shunday ekan, muallif huquqini hurmat qilish va oʻzganing ijod namunasidan, albatta, ruxsat olishni hamda shartnoma tuzishni unutmang", deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122220 | Инструменты