Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masallari qo‘mitasining navbatdagi majlisida “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni muhokama qilindi.
Unda senatorlar, ekspertlar hamda tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtrok etib, muhokama etilayotgan Qonunning 2021-2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish Strategiyasiga muvofiq ishlab chiqilganligi, uni iqtisodiyotda davlat ishtirokini asoslangan darajagacha qisqartirish va investitsiya muhitini tubdan yaxshilashga qaratilganligi qayd etildi.
Qonunni ishlab chiqishda ushbu sohadagi xalqaro tajriba o‘rganilganligi hamda ushbu Qonun normalari Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohatlar va Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirilganligi taʼkidlandi.
Qonunda xususiylashtirishning qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik, hisobdorlik, teng raqobat muhitini taʼminlash hamda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik Qonunning asosiy prinsiplari sifatida belgilanmoqda.
Shuningdek, Qonunda yangi meʼyorlar kiritilib, davlat aktivlarini sotishda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati, to‘lovlarni amalga oshirish tartibi va shartlari Qonun darajasida belgilanmoqda hamda Qonun asosida balansda saqlovchining javobgarligi kuchaytirilib, xatlov komissiyasi instituti bekor qilinmoqda.
Majlisda Qonunning qabul qilinishi xususiylashtirish jarayonlarida teng raqobat muhitini yaratilishi, mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi, xususiy mulkchilik va uning himoyasini taʼminlashiga xizmat qilishi aytib o‘tildi.
Majlis so‘nggida Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122622 | Инструменты