2024-yil 18-yanvar kuni Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.
Unda Senatning qirq to‘qqizinchi yalpi majlisini 2024-yil 19-yanvar kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Taʼkidlanganidek, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.
“Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
Shuningdek, yalpi majlisda senatorlar tomonidan “Ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi va “O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 248-moddasiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlar muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yana-da rivojlantirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga bojxona tartib-taomillarini yana-da takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlarni ham ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasi o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi Shartnomani (Tehron, 2023-yil 18-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi bilan Vyetnam Sotsialistik Respublikasi o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnomani (Xanoy, 2022-yil 14-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlar ham muhokama qilinadi.
Senatorlar O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy maʼruza haqidagi masalani ko‘rib chiqadi.
Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axboroti ham eshitiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yaylovlar degradatsiyasining oziq-ovqat xavfsizligiga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga hamda atrof muhitga salbiy taʼsiri yuzasidan parlament so‘rovini yuborish masalasi ham muhokama etish rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122310 | Инструменты