Senatorlarni saylash jarayonlari yakuniga yetdi
Joriy yilning 16-17 yanvar kunlari O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 78-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining, tegishli viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining Senat a'zolari saylovi bo'yicha qo'shma majlislari o'tkazildi.
O'tkazilgan majlislar natijalariga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zoligiga:
Qoraqalpog'iston Respublikasidan:
1. Yerniyazov Musa Tajetdinovich – Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining raisi;
2. Annaklicheva Gulistan Axmedovna – “Qoraqalpoq adebiyati” gazetasi bosh muharriri;
3. Ataniyazova Oral Aminovna – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali direktori;
4. Daniyarov Abat Saparbayevich – O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashining raisi;
5. Matmuratov Batir Djoldasovich – O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo'mita raisi;
6. Usnatdinov Sharap – “Nuroniy” jamg'armasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limining raisi.
Andijon viloyatidan:
1. Abdurahmonov Shuhratbek Qo'shaqbayevich – Andijon viloyati hokimi;
2. Alimov Ravshanbek Azadbekovich – O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari bilan ishlash boshqarmasi boshlig'i;
3. G'aniyeva Matluba Mahamajanovna – Andijon tumani “Orol” mahalla fuqarolar yig'ini raisi;
4. Iminov Odiljon Karimovich – O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xo'jaligi masalalari va ekologiya qo'mitasi raisining o'rinbosari;
5. Madumarov Tolibjon Abdumalikovich – O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo'mitasi raisining o'rinbosari;
6. G'aniyev Akrom To'lqinovich – “Nil-granit” mas'uliyati cheklangan jamiyati ishlab chiqarish bo'yicha direktor o'rinbosari.
Buxoro viloyatidan:
1. Barnoyev O'ktam Isoyevich – Buxoro viloyati hokimi;
2. Huseynova Abera Amanovna – Respublika “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig'i;
3. Achilov Nurmuxamed Nurullayevich – “Parvoz Humo Ravnaq Trans” mas'uliyati cheklangan jamiyati ta'sischisi;
4. Gadoyev Erkin Fayziyevich – O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi departamenti direktorining birinchi o'rinbosari;
5. Raxmatov Murtaza Axmedovich – “Bukhara Cotton Textile Cluster” paxta-to'qimachilik klasteri ta'sischisi;
6. Cho'lliyev Shuxrat Askarovich – O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo'mitasi raisining o'rinbosari.
Jizzax viloyatidan:
1. Soliyev Ergash Alibekovich – Jizzax viloyati hokimi;
2. Alimova Xolida Raufovna – Jizzax viloyat bolalar ko'p tarmoqli shifoxonasi bosh shifokori;
3. Muxtorova Nazira Abdusattarovna – Jizzax viloyat hokimining o'rinbosari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi;
4. Pardayev Nusratullo Markayevich – Jizzax viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari kengashi raisi;
5. Siddiqov Risqul Ergashboyevich – Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutining G'allaorol ilmiy tajriba stansiyasi direktori;
6. Suyarova Sanobar Zarfullayevna – viloyat xalq ta'limi boshqarmasiga qarashli “Umid” maktab-internati direktori.
Navoiy viloyatidan:
1. Tursunov Kobul Beknazarovich – Navoiy viloyati hokimi;
2. Xodjayev Jamshid Baxtiyorovich – O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi raisi;
3. Tulekova Ziba Tolibekovna – Tomdi tumani hokimi o'rinbosari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi;
4. Sharipov Baxodir Mavlonovich – “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi;
5. Orziyeva Dilbar Adizovna – Navoiy shahar “Mehribonlik uyi” direktori;
6. Fayziyev Ulug'bek Ganiyevich – “Zarafshan Golden Group” MCHJ ta'sischisi.
Namangan viloyatidan:
1. Bozorov Xayrullo Xayitbayevich – Namangan viloyati hokimi;
2. Abdullaxonov Nosirbek Abdurashitovich – Namangan shahridagi “Anamed” diagnostika markazi rahbari;
3. Dobrix Anna Konstantinovna – “Iftixor kiyim sanoat” MCHJ rahbari;
4. Najmiddinov Ikromxon – “Nuroniy” jamg'armasi viloyat bo'limi raisi;
5. Parpiyev Mahmudjon – “Namangan haqiqati” gazetasi bosh muharriri;
6. Umarov Baxtiyor Ganiyevich – “Istiqlol tekstil dizayn” MCHJ direktori.
Qashqadaryo viloyatidan:
1. Mirzayev Zoyir Toirovich – Qashqadaryo viloyati hokimi;
2. Irkayev Abduraxim Pandjiyevich – Qarshi davlat universiteti milliy g'oya va ma'naviyat asoslari kafedrasi dotsenti;
3. Shamsiyev Shermat Jo'raqulovich – “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MCHJ direktori;
4. Kurbanov Ilxam Uzakovich – “Amu-Qashqadaryo” ITXB boshlig'i;
5. Fozilov Xurshid G'ayratovich – Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi Qarshi filiali direktori;
6. Eshmatova Feruza Farxodovna – O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo masalalari qo'mitasi raisi o'rinbosari.
Samarqand viloyatidan:
1. Turdimov Erkinjon Oqbutayevich– Samarqand viloyati hokimi;
2. Xolmurodov Rustam – Samarqand davlat universiteti rektori;
3. Alimova Gavhar Zayirovna – viloyat hokimining o'rinbosari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi;
4. Normurodov Hasan Norbekovich – “Nuroniy” jamg'armasi Samarqand viloyat bo'limi raisi, O'zbekiston Qahramoni;
5. Toshev Farmon Isxakovich – “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri;
6. Jalolov Shavkat Amonovich – “Agromir group” direktorlar assotsiatsiyasi Kengashi raisi.
Sirdaryo viloyatidan:
1. Mirzayev G'ofurjon G'aniyevich – Sirdaryo viloyati hokimi;
2. Artukboyeva Xaytxan – O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo'limi mas'ul rahbari;
3. Sotiboldiyev Ulug'bek Norxojayevich – “Bek Sluster” mas'uliyati cheklangan jamiyati qo'shma korxonasi bosh direktori;
4. Tuychiyev Anvar Mirzaaxmedovich – FO'O'BOFMB Sirdaryo viloyati Kengashi raisining birinchi o'rinbosari;
5. Boqiyev Farxod Esanovich – Sirdaryo viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar hududiy boshqarmasi boshlig'i;
6. Uralova Dilfuza Djumanovna – Sirdaryo viloyati hokimining o'rinbosari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi.
Surxondaryo viloyatidan:
1. Bobolov To'ra Abdiyevich – Surxondaryo viloyati hokimi;
2. Bo'tayeva Baxtigul Abdurahmatovna – Qiziriq tumanidagi 17-umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori;
3. Qodirov Bahodir To'xtayevich – “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi boshqaruvi raisi;
4. Sanginov Abdug'ani Abdurahmonovich – “O'zbekgidroenergiya” AJ boshqaruvi raisi;
5. Soatov Arziqul Chorshanbiyevich – FO'O'BOFMB Surxondaryo viloyati kengashi raisining keksalar va faxriylar bilan ishlash bo'yicha o'rinbosari;
6. Toshqulov Abduqodir Hamidovich – Termiz davlat universiteti rektori.
Farg'ona viloyatidan:
1. G'aniyev Shuhrat Madaminovich – Farg'ona viloyati hokimi;
2. Murotova Lola Ne'matovna – “Nurli Obod” fermer xo'jaligi rahbari, O'zbekiston Qahramoni;
3. Mahmudova Robaxon Anvarovna – O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg'ona viloyati Xalq qabulxonasi mudiri;
4. Sultonov Ibrohimjon Ashiraliyevich – “Ibrohimjon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari;
5. Xoldorov Topvoldi – “Nuroniy” jamg'armasi Farg'ona viloyati bo'limi raisi;
6. Sidikova Enaxon Abduraximovna – O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Farg'ona viloyati bo'limi raisi.
Xorazmdan viloyatidan:
1. Ermanov Farxod Urazbayevich – Xorazm viloyati hokimi;
2. Durdiyeva Gavhar Salayevna – Xorazm Ma'mun akademiyasi ilmiy ishlar bo'yicha rais o'rinbosari;
3. Kurbanov Ravshanbek Davletovich – Respublika kardiologiya markazi direktori;
4. Sa'dullayeva Faroxat Aminovna – “Urganch milliy tikuvchilik” oilaviy korxonasi rahbari;
5. Tajiyev Baxadir Sadullayevich – O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo'jaligi va ekologiya qo'mitasi raisi;
6. Sharipov Umarbek Quranbayevich – “Tillo domor” xususiy korxonasi rahbari.
Toshkent viloyatidan:
1. Xolmatov Rustam Qurbonnazarovich – Toshkent viloyati hokimi;
2. Burxonov Qutbiddin Nukritdinovich – Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori;
3. Qodirxonova Malika Akbarovna – Tadbirkor ayollar uyushmasi Toshkent viloyat bo'limi rahbari;
4. Nizomxo'jayev Zayniddin Maxamatovich – O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi raisi;
5. Toirov Mahmudjon – O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari;
6. Xursanov Abdulla Xalmuradovich – Olmaliq tog'-metallurgiya kombinati bosh direktori.
Toshkent shahridan:
1. Artikxodjayev Jahongir Abidovich – Toshkent shahar hokimi;
2. Kalonov Rustam – “Nuroniy” jamg'armasining Toshkent shahar Kengashi raisi;
3. Azamat Ziyo Xamid o'g'li – O'zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori;
4. Norboyeva Tanzila Kamalovna – O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi;
5. Sagdullayev Shamansur Shaxsaidovich – O'zbekiston Fanlar akademiyasi O'simlik moddalari kimyosi instituti direktori;
6. Toshmuhammedova Dilorom G'ofurjonovna – Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi direktori.
O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq, Senatning 16 nafar a'zosi fan, san'at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo'lgan hamda alohida xizmat ko'rsatgan eng obro'li fuqarolar orasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi
Alpha version: 0.9.1.19 build 52621 | Инструменты