Ayni daqiqalarda Prezident huzurida 2023-yilgi eng muhim yo'nalishlar yuzasidan oʻtayotgan yigʻilishda davlat rahbari sogʻliqni saqlash sohasiga toʻxtalib, "Dok-1 Maks" preparatini qabul qilish oqibatida bolalar hayotdan koʻz yumgani bilan bogʻliq vaziyatni qattiq tanqid qildi.
"Samarqand va Qashqadaryodagi bolalar oʻlimi sohada ishlar ahvolini, nazorat yoʻqligini koʻrsatdi. Bugun Farmatsevtika agentligi rahbari Kariyevni ishdan oldim. Bunga yoʻl qoʻygan mutasaddilarning hammasi qonun oldida javob beradi!", - dedi Prezident.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin O'zbekistonda Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan barcha turdagi dori vositalari savdosi to'xtatilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120210 | Инструменты