Huawei 1
Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Jurnalist haq bo‘lsa, buni tan olishimiz kerak"

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida soʻzlagan nutqida quyidagi fikrlarni aytib o'tdi.

“…Agar biz O‘zbekiston axborot makonida milliy kontent yaratishni o‘z qo‘limizga olmas ekanmiz, dunyodagi voqealarga milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan baho bermas ekanmiz, bu ishlar xorijdan turib amalga oshirilishiga imkon yaratib bergan bo‘lamiz. Chunki odamlardagi yangilik, tahliliy ma’lumot, real voqealarga bo‘lgan ehtiyojni biz qondirmas ekanmiz, buni boshqalar qiladi.

Bunga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Har qanday tanqidga javob berish kerak. Jurnalist haq bo‘lsa, buni tan olishimiz kerak. Nohaq bo‘lsa, unga tushuntirish orqali yolg‘on xabarlarning oldini olishga o‘rganishimiz va butun jamiyatimizga shuni tushuntirishimiz kerak, bu nopok va yolg‘onligini“, deya ta'kidlagan davlat rahbari. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122310 | Инструменты