O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonlik bir guruh faxriylarni mukofotladi.
Bu ikki davlat o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, xususan, ilm-fan va madaniy-gumanitar aloqalarni amaliy ma’no-mazmun hamda yangi tashabbuslar bilan boyitish, ikki mamlakatning qardosh xalqlari o‘rtasidagi birodarlik rishtalarini mustahkamlashga hissa qo'shganlar uchun berildi.
Quyida mukofotlanganlar ro'yxati:
“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan — Mammadova Gulyanaq Zakir qizi taqdirlandi. U R. Beybutov nomidagi Ozarbayjon davlat musiqa teatri vokalisti hisoblanadi.
“Do‘stlik” ordeni bilan:
Mustafayev Shahin Majid o‘g‘li - Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining akademik Z.M. Bunyadov nomidagi sharqshunoslik instituti bo‘lim mudiri, akademik;
Askarov Ramiz Baxshali o‘g‘li - Boku davlat universiteti turkologiya kafedrasi mudiri, professor
Binnatova Almas Qasim qizi - Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining Nizomiy nomidagi Adabiyot instituti “Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekiston adabiy aloqalari” bo‘limi mudiri taqdirlandi
Mavzuga doir
Alpha version: 0.9.1.19 build 41702 | Инструменты