Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik yo‘lladi

Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi viloyatlarda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odam qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik yo‘lladi.

Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Mavzyuga oid:

Kuchli zilzila Turkiya va Suriyada o‘nlab turar-joy binolarini vayron qildi. Hozirgi vaqtgacha Turkiyada 100 nafar vafot etganlar va 440 yarador haqida, Suriyada - taxminan 99 nafar vafot etganlar va 330 yaralanganlar haqida ma'lumot bor.

TIV 11:00 holatiga koʻra Turkiyada halok bo‘lgan va jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari bo‘yicha ma’lumot kelib tushmaganini ma'lum qildi.

Shuningdek, Ozarbayjon Turkiya janubi-sharqidagi zilzila zonasiga 370 nafar qutqaruvchi yuborishini ma'lum qildi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga