Huawei 1
11:00 holatiga koʻra Turkiyada halok bo‘lgan va jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari bo‘yicha ma’lumot kelib tushmadi - TIV

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Toshkent vaqti bilan soat 11:00 holatiga koʻra, mamlakatimizning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalariga zilzila oqibatida halok bo‘lgan va jarohatlangan o‘zbekistonliklar bo‘yicha ma’lumot kelib tushmaganini aytmoqda.

O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi va Istanbuldagi bosh konsulligi Turkiya hukumati, shu jumladan, mamlakat Tashqi ishlar vazirligi huzurida tashkil etilgan operativ shtab bilan doimiy muloqotda bo‘lib turibdi.

Turkiyadagi elchixonamiz sodir bo‘lgan zilzila oqibatida hayotdan ko‘z yumganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi. "Barcha imkoniyatlarimiz bilan qardosh va do‘st Turkiyaning yonidamiz",- deyiladi axborotda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston fuqarolari zarur hollarda Anqaradagi Elchixonasi (tel.: +90-312-441-38-71, +90-312-441-17-46) va/yoki Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +90-212-323-20-37, +90-212-323-20-39) murojaat qilishlari mumkin.

Mavzuga doir:

Kuchli zilzila Turkiya va Suriyada o‘nlab turar-joy binolarini vayron qildi. Hozirgi vaqtgacha Turkiyada 100 nafar vafot etganlar va 440 yarador haqida, Suriyada - taxminan 99 nafar vafot etganlar va 330 yaralanganlar haqida ma'lumot bor.

TIV 11:00 holatiga koʻra Turkiyada halok bo‘lgan va jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari bo‘yicha ma’lumot kelib tushmaganini ma'lum qildi. Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik yo‘lladi.

Shuningdek, Ozarbayjon Turkiya janubi-sharqidagi zilzila zonasiga 370 nafar qutqaruvchi yuborishini ma'lum qildi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20519 | Инструменты