Huawei 1

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidenti Jo Baydenga AQShning Texas shtati Uvalde shahridagi maktabda yuz bergan otishma natijasida insonlar halok boʻlgani va jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik yoʻlladi.

Ma'lumot uchun, kecha 24-may kuni AQShning Texas shtati Uvald shahridagi boshlang‘ich maktabda otishma sodir bo‘lgan edi. Unda hammasi bo'lib 21 kishi, jumladan, 18 bola va 3 nafar fuqaro halok bo'ldi. Texas gubernatori Greg Abbottning aytishicha, otishma 18 yoshli Salvador Ramos tomonidan sodir etilgan. Qotil oʻq oʻtkazmaydigan jilet kiygan holda mashinasini maktab binosi oldida qoldirib, toʻpponcha va ov miltigʻi bilan maktabga kirgan. Ramos maktabga borishdan oldin buvisini otib tashlagan. Ayol og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52607 | Инструменты