Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim tomonidan Strategik sheriklik yo‘lida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolandi.
Shuningdek, quyidagi hujjatlar qabul qilindi:
- Mahsulotlarning "halol" standartlariga muvofiqligini baholash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Bojxona ishida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida bitim;
- Oliy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Sud-ekspertlik faoliyati sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Akademik-diplomatik hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- "Aqlli" shaharlarni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- 2025-2026-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma reja.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20515 | Инструменты