IV Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi sessiyasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.
Davlat rahbari o‘z so‘zida forum ishtirokchilari e’tiborini O‘zbekistondagi mineral resurslar zaxirasiga qaratdi.
“Yana bir yo‘nalish – to‘rtinchi sanoat inqilobi texnologik minerallarga talabni bir necha karra ko‘paytirmoqda. O‘zbekistonda volfram, molibden, magniy, litiy, grafit, vannadiy, titan va boshqa minerallarning katta zaxiralari aniqlangan. Umuman, yerosti boyliklarimizning salohiyati 3 trillion dollarga baholanmoqda.
Mintaqamizning minerallardan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish habiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarimiz mavjud. Bu borada Toshkent va Samarqand viloyatlarida kelajak metallari texnoparkini bunyod etmoqdamiz.
Shu o‘rinda bir tashabbusni ilgari surmoqchiman. Bu, albatta, kompaniyalarga, bugun kelgan mehmonlarimizga juda qiziqarli bo‘ladi. Bu sohada geologiya-qidiruv ishlaridan boshlab, tayyor mahsulot zanjirini yo‘lga qo‘ygan investorlarga 10 yil davomida renta solig‘i qaytarib beriladi. Ishonchim komil, sizlar bilan uzoq muddatli samarali aloqalarimiz aytib o‘tilgan barcha yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli biznes hamkorlikka aylanadi”, – dedi davlat rahbari.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82717 | Инструменты