Huawei 1
Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi etib tasdiqlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 24-mart kuni Shavkat Umurzoqovni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan edi. 

Bugun Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Sessiya doirasida davlat rahbari Shavkat Umurzoqovni ushbu lavozimga tasdiqladi.

Eslatib o'tamiz, Shavkat Umurzoqov 2018-yilning iyun oyigacha "O‘zavtosanoat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan. 

Bundan tashqari, u (1979-yilda tug‘ilgan) 2013−2018-yillarda Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish departamentiga, 2011-yil iyun oyidan 2013-yil sentabriga qadar esa Toshkent viloyati prokuraturasining iqtisodiy jinoyatlarga va korrupsiyaga qarshi kurashish departamentiga rahbarlik qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72716 | Инструменты