Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz boshchiligidagi delegatsiyaning Samarqandga tashrifi davomida mazkur rayon sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Shinjon tibbiyot universiteti rahbarlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida bo‘ldi.
Samarqandlik tibbiyotchilar bilan uchrashuvda yurtimizdagi mazkur nufuzli universitet bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni yana-da rivojlantirish, birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi masalalari muhokama etildi. Mehmonlarga universitet taʼlim jarayonlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Uchrashuvda Shinjon tibbiyot universiteti rektori Haji Akber Aisaga Samarqand davlat tibbiyot universitetining faxriy professori unvoni berildi.
Professor Haji Akber Aisa ushbu eʼtirof uchun minnatdorlik bildirib, Shinjon va Samarqand tibbiyot universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik ikki tomon uchun ham har tomonlama manfaatli bo‘lishini taʼkidladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52622 | Инструменты