Huawei 1
Sudyalar oliy kengashida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o'tdi. Unda ochiq tanov va muqobillik asosida yangi sudyalik shtat birliklari uchun nomzodlarni tanlash va tayinlashga oid masala ko‘rib chiqildi.

Yakunda 1 nafar nomzod besh yillik muddatga, 11 nafar sudya vakolati muddati davriga qayta tayinlandi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

Mirzayev G‘aybulla Abdunasimovich – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Xorazm viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Hamroqulov Suxrob Qurbonovich – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

Abduxoliqov G‘alim Yesenovich – sudyalik vakolati muddati davriga Navoiy viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati Navoiy tumanlararo maʼmuriy sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

Jumaqulov Farrux Olimjonovich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati Navoiy tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Rahimov Abubakr Mirxonovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Navoiy viloyati Navoiy tumanlararo maʼmuriy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati Navoiy tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Dadabayev Alisher Askarovich – sudyalik vakolati muddati davrigaNamangan viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Raximov Soyibjon Abdusamadovich – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati Namangan tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Zayniddinova Latofat Sayfiddinovna – sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Kadirov Umid Murtazayevich – sudyalik vakolati muddati davrigaQashqadaryo viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Samiyev Baxtiyor Teshayevich – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Xorazm viloyat Urganch tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Karimov Zafar Zoirovich – sudyalik vakolati muddati davrigaSamarqand viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyati Samarqand tumanlararo maʼmuriy sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek:

Dadaxanov Alisher Xapisovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning besh yillik muddatiga Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Chortoq tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122310 | Инструменты