Huawei 1
Surxondaryoda yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun 50 mln dollar ajratiladi

Ayni paytda Surxondaryoda Prezident boshchiligida viloyat faollari ishtirokidagi yig'ilish bo'lib o'tmoqda.  UZREPORT TV muxbiri xabar qilishicha, viloyatda import o'rnini bosuvchi yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun 50 mln dollar miqdorida imtiyozli moliyaviy resurs ajratiladi.
 
"Yetarli e'tibor berilmayotgan mahalliy sanoat korxonalari bilan jiddiy shug'ullanish kerak. Ularni qo'llab-quvvatlash uchun, import o'rnini bosuvchi ijtimoiy-maishiy tovarlar (bolalar o'yinchoqlari, qog'oz, mebel, plastmassa va rezina buyumlar va hk.) ishlab chiqaruvchi mahalliy sanoat korxonalarini mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo va yarim fabrikatlarni import qilishda 2026 yil 1 iyulgacha bojxona to'lovlari to'lashdan ozod qilishni taklif etaman.

Umuman, viloyatda sanoat sohalarini jadal rivojlantirish uchun maxsus Muvofiqlashtiruvchi kengash tuziladi.

Bir oy muddatda sanoat sohasidagi jami qiymati 928 million dollar bo'lgan 56 ta qo'shimcha istiqbolli loyihaning har birini chuqur o'rganib, tashabbuskori va moliyalashtirish manbasini aniq belgilagan holda, ularni amalga oshirish bo'yicha tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.

Boysun, Sariosiyo, Sherobodni – qurilish materiallari, Qiziriq – yengil, Oltinsoy – oziq-ovqat, Angor – charm, Bandixon, Muzrabot tumanlarini – mahalliy sanoatga ixtisoslashtirib, ushbu tumanlarda tegishli klasterlar tashkil etish choralarini ko'rsin.

Xususan, Sariosiyoda qurilish materiallari ishlab chiqarish innovatsion industrial zonasini tashkil etish lozim.

Ushbu 8 ta ixtisoslashtirilgan tumanda sanoatni rivojlantirish uchun zarur bo'ladigan, jami 674 kilometr suv, elektr, gaz, yo'l, aloqa tarmoqlarini qurish bo'yicha manzilli loyihalar ro'yxatini shakllantirsin

Uchinchi yo'nalish – qo'shni davlatlar bilan o'zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish zarur.

Umurzoqov, Bobolov, Voitov, Choriyev Surxondaryoda har bir soha bo'yicha, eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish yo'nalishida, aniq dasturlar tayyorlashi kerak.

Viloyatda import o'rnini bosuvchi yangi loyihalarni moliyalashtirish, zarur infratuzilmani yaratish, eksportyorlarni aylanma mablag' bilan ta'minlash maqsadida, Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasidan 50 million dollar miqdorida imtiyozli moliyaviy resurs ajratiladi.

“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi va Termiz xalqaro savdo markazi Osiyo davlatlari uchun eksport mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishga xizmat qiladigan, asosiy maydonchaga aylanishi kerak", - dedi Prezident.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga