Suxrob Saidov Qashqadaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Suxrob Saidov 1985-yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan. Qarshi davlat universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy - maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi. Shuningdek, faoliyati davomida viloyat moliya bosh boshqarmasida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Suxrob Saidovning tayinlovi eʼlon qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32818 | Инструменты