Huawei 1
Timur Rahmonov O‘zbekistonning Estoniyadagi elchisi etib tayinlandi

O'zbekistonning Estoniyaga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Riga shahrida joylashgan) Timur Rahmonov 16-aprel kuni ushbu davlat Prezidenti Alar Karisga ishonch yorliqlarini topshirdi

Rasmiy tadbirdan so'ng o'tkazilgan muloqot chog'ida Estoniya Prezidenti O'zbekiston bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar rivojlanib borayotganini yuksak baholadi va ushbu yo'nalishlarda hamkorlikni yana-da rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi.

Shuningdek, Estoniya yetakchisi O'zbekistonning mintaqadagi yetakchi davlatga aylanganini alohida ta'kidladi. Xususan, u O'zbekiston yetakchisining mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, jumladan, ko'p yillar davomida mojarolarga sabab bo'lib kelgan chegara masalalarini ijobiy hal etishdagi katta hissasini alohida urg'uladi.

Prezident Alar Karis davlatimiz rahbari rahnamoligida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni eston tomoni to'liq qo'llab-quvvatlashini tasdiqladi.

Eslatib o'tamiz, Timur Rahmonov 2024-yil 13-mart kuni O'zbekiston elchisi sifatida Riga shahriga borgan edi. Ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin u 2021-2024-yillarda mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli bo'lib ishlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60107 | Инструменты