Huawei 1
TIVda Isroil elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Bahromjon A'loyev Isroil elchisi Gideon Lustig bilan uchrashuv o'tkazdi.

TIV ma'lumotiga ko'ra, suhbat chog'ida O'zbekiston-Isroil munosabatlarining holati va ularni yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik muhokama qilindi.

Mintaqaviy muammolar, shu jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yo'l bilan hal etish yuzasidan ham fikr almashildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82813 | Инструменты