Huawei 1
“Tolibon” Afg‘onistondagi elektr energiyasi taqchilligi sababli O‘zbekistonga murojaat qildi

Afg‘onistonning Kobul shahri va viloyatlarida elektr energiyasi taqchilligi davom etayotgani sababli “Tolibon” O‘zbekistonga murojaat qildi.

“Tolibon” tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Mutaqqiy O‘zbekistondan shartnoma asosida elektr energiyasi eksport qilishni so‘radi. U Kobuldagi Afg‘oniston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi ochilishida O‘zbekiston hukumati Afg‘oniston elektr energiyasi kompaniyasi bilan imzolangan shartnomaga muvofiq o‘z va’dalarini bajarishiga umid bildirgan.

“Tolibon” tashqi ishlar vazirligi rahbari O‘zbekistondan elektr energiyasi importini to‘xtatish sabablari haqida hech narsa demagan. Ayni paytda Kobul va boshqa ayrim viloyatlar aholisi doimiy ravishda elektr energiyasi uzilishidan aziyat chekayotganini aytmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistondan import qilinadigan elektr energiyasi Kobul hamda Parvon, Kapisa, Panjsher, Nangarhor, Lag‘mon, Logar, Paktiy, Xost, Maydon Vardak, G‘azni va Bag‘lon viloyatini elektr bilan ta’minlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122307 | Инструменты