Toshkent davlat transport universiteti va Fransiya kompaniyalari, universitetlari o‘rtasida 6 ta muhim hujjat imzolandi

10-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida Parij shahrida "Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston – Fransiya ko‘prigi" mavzusida qo‘shma konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya davomida Toshkent davlat transport universiteti va Fransiya kompaniyalari, universitetlari o‘rtasida 6 ta muhim hujjat imzolandi, jumladan:

• Toshkent davlat transport universiteti va Fransiyaning yetakchi universitetlari o‘rtasida UNIFROUZ / “O‘zbekiston-Fransiya universiteti” konsorsiumi loyihasi:

• Puate Universiteti (UP), Lion 2 Universiteti (ULL2), Le Gavr Normandiya Universiteti (ULHN), Renn Universiteti (UR).

• Ko‘priklar va yo‘llar oliy maktabi bilan hamkorlikda “Tezyurar transport uchun ko‘priklar va yo‘llar” PISHni tashkil etish bo‘yicha kelishuv.

• Dassault Systemes kompaniyasi bilan muhandislik sohasidagi ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalariga xalqaro sertifikat berish huquqini universitetning Yetarlilik markaziga topshirishga oid kelishuv.

• Fransiyaning Fuqarolik Aviatsiyasi Milliy Maktabi (ENAC) bilan fuqaro aviatsiyasi bo‘yicha professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvini tashkillashtirish hamda kelishib olish to‘g‘risidagi shartnoma.

• Renn Universiteti (UR) bilan aqlli logistika va transport infratuzilmasi yo‘nalishida qo‘shma laboratoriya tashkil etish bo‘yicha shartnoma.

• Airbus kompaniyasi bilan universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun stajirovka va malaka oshirish imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, aviatsiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarda hamkorlik olib borish bo‘yicha shartnoma.

Mazkur hamkorlik kelgusida transport va aviatsiya sohasi bo‘yicha O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi akademik hamkorlikni rivojlantirish, yosh mutaxassislarning malakasini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40423 | Инструменты