Toshkent viloyati hokimligi mansabdorlarining o'zi nazorat qilayotgan sohasida biznesi bor(mi)?

Ayrim manbalarda Toshkent viloyati hokimligida ishlaydigan bir qator yuqori lavozimli amaldorlarning oʻzlari nazorat qilayotgan sohada xususiy biznesi mavjudligiga bayon qilingani aytilmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati hokimligi rasmiy munosabat bildirdi. 

Unda keltirilishicha, Toshkent viloyat hokimligida ishlaydigan bir qator yuqori lavozimli amaldorlar MCHJlarda taʼsischi sifatida ishtirok etgan. Bunga asos qilib esa, hokimlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-martdagi "Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish taqiqlangan mansabdor shaxslarning roʻyxati toʻgʻrisida”gi 103-son qaroriga asosan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi taqiqlangan mansabdor shaxslar roʻyxati belgilab berilganini iddao qilgan.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonuni 3-moddasida, Tadbirkorlik faoliyati tushunchasiga tarif berilgan. Unga koʻra, tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va oʻz mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat tushuniladi. Bu bilan qonunda bevosita faoliyat bilan shugʻullanishi nazarda tutilgani aytilgan. Bu qonun hujjatining qoʻllanilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ham suhbat davomida keltirib o'tib, “Amaldagi qonunchilikka koʻra, davlat xizmatchilari yakka tartibda tadbirkorlik qila olmaydi xolos, lekin, masalan, MCHJ taʼsischisi boʻlishga haqli,” deya maʼlum qilgani keltirilgan. 

Bugungi kunda amalda boʻlgan qonun hujjatlari boʻyicha xabarlarda roʻyxati keltirilgan MCHJlar bilan Toshkent viloyat hokimligi oʻrtasida shartnomaviy munosabatlarga kirishilmaganligi yoki manfaatlar toʻqnashuvi holatlari yuzasidan harakatlar amalga oshirmaganligi maʼlum qilamiz.

Bundan tashqari, ushbu MCHJlar tashkil etilgan vaqti bilan amaldorlarning lavozimga tayilgangan vaqtlari solishtirilganida ular lavozimga kelgunga qadar MCHJlarga taʼsischi boʻlib kirganliklari oydinlashadi, deyiladi xabarda. 

Hokimlikning keltirishicha, xususan:

“RELAX TOUR” MCHJ 05.06.2018-yilda roʻxatdan oʻtgan boʻlsa, Toshkent viloyati hokimligining turizm va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha kotibiyat mudiri - Raxmatullayev Farrux Anvarovich 18.09.2018-yilda tayinlangan va ushbu MCHJ ochilganidan bugungi kunga qadar faoliyat yuritmayotgan korxonalar roʻyxatida turishi maʼlum qilingan.

“SADAF DIYOR SAVDO” MCHJ 2016-yilda tashkil etilgan boʻlib, Toshkent viloyati Moliya boshqarmasi boshligʻi Haliqulov Olimjon Axmedovich 2020-yilda ushbu lavozimga tayinlangan boʻlsada, bungi kunga qadar Toshkent viloyat hokimligi bilan ushbu MCHJ oʻrtasida sharnomaviy munosabatlar amalga oshirilmagan. Shuningdek, O. Xalikulovning MCHJ rahbarligi borasida esa oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida qatʼiy koʻrsatma berilganligi maʼlum qilinadi.

“SMART KADASTR” MCHJ 2020-yil ochilgan boʻlsa, Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi Axrorov Jasur Davletboyevich 2021-yilda ushbu lavozimga tayinlangan boʻlib, ushbu MCHJga hisob raqami ham ochilmaganligi maʼlum qilinadi.

“OSIYO OQSHOMI” 2015-yilda tashkil qilingan boʻlib, Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Meliyev Barhayot Baxtiyorjonovich 2021-yilda ushbu lavozimga tayinlangan, MCHJning bugungi kunga qadar bankda ham hisob raqami ochilmaganligi maʼlum qilinadi.

“ASAXIY FILMS” 2019-yil tashkil etilgan boʻlib, Toshkent viloyati hokimining matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʻyicha hokimning maslahatchisi Jumayev Hamza Hayotovich ushbu MCHJ taʼsischisi hisoblanadi va amaldagi qonunchilikda bunga ruxsat bor. H. Jumayev 2021-yil mart oyida lavozimga tayinlangan boʻlsada, bungi kunga qadar Toshkent viloyat hokimligi bilan ushbu MCHJ oʻrtasida sharnomaviy munosabatlar amalga oshirilmaganligi maʼlum qilinadi.

“Darhon Agro Klast” 2018-yilda tashkil etilgan boʻlib, Toshkent viloyati hokimligining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha kotibiyati mudiri Kadirov Furqat Qaxramonovich – 2020-yil fevral oyida tayinlangan boʻlsa, bungi kunga qadar Toshkent viloyat hokimligi bilan ushbu MCHJ oʻrtasida sharnomaviy munosabatlar amalga oshirilmaganligi, biroq ushbu kotibiyat mudiriga MCHJ raxbahbarligi borasida oʻz faoliyatini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida qatʼiy koʻrsatma berilganligi maʼlum qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40511 | Инструменты