Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gretsiyaning O‘zbekistondagi elchisi Paraskevi Tzevelekning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida maʼlum qildi.
«Gretsiya elchixonasining ochilishini olqishlaymiz va bu qadam mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da jadallashtirishga xizmat qiladi, deb ishonamiz», — deb yozadi vazir.
Uchrashuvda tomonlar siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, madaniy va taʼlim sohalarida hamkorliklarni kengaytirishni muhokama qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31221 | Инструменты