Huawei 1
Transport sohasini raqamlashtirish yo‘nalishida O'zbekiston Qirg‘iziston bilan hamkorlikni rivojlantiradi

Bugun, 2-aprel kuni Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov Qirg‘iz Respublikasi Transport va kommunikatsiyalari vaziri o‘rinbosari Bekjan Rismendeyev bilan uchrashdi.  

Uchrashuvda tomonlar transport sohasini raqamlashtirish yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish va bu borada tajriba almashishni rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi.

Uchrashuvda har ikki tomon vakillari davlatlar o‘rtasida transport va tranzit tartib-qoidalarini osonlashtirishga, shu jumladan, zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali yengillashtirishga qaratilgan loyihalarning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Jumladan, avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasida xalqaro tajribada ilk marotaba O‘zbekiston tomonidan amaliyotga joriy etilgan ePermit tizimini ikki davlat o‘rtasida yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq jihatlar yuzasidan fikr almashildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122306 | Инструменты