Huawei 1
Turkmaniston O‘zbekistonga tabiiy gaz eksporti hajmini oshiradi

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 5-dekabr kuni telefon orqali muloqot o‘tkazgani haqida xabar bergan edik

Turkmaniston davlat axborot agentligining xabar berishicha, muloqotda teng huquqli sheriklik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash tamoyillari asosida Turkmaniston O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berayotgani qayd etilgan.

“Turkman xalqining milliy yetakchisi va qo‘shni qardosh davlat rahbari gaz sohasida hamkorlikdagi ishlarning samaradorligini qayd etib, uning uzoq muddatli xususiyatga egaligini ko‘rsatib o‘tdi va O‘zbekistonga turkman tabiiy gazini yetkazib berish hajmini oshirishga kelishib oldilar”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, yaqin kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qo‘shma gaz loyihalarini amalga oshirishning istiqbollari qayd etildi.

Bundan tashqari, Turkmaniston tomoni Markaziy Osiyodagi suv muammosini hal etish borasidagi pozitsiyasini bildirgan. Xususan, mintaqadagi suv masalalari, xalqaro normalar, mintaqa mamlakatlari manfaatlari, suvdan erkin va adolatli foydalanishning xalqaro tamoyillari asosida hal etilishi kerakligi ta’kidlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20517 | Инструменты