O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan To‘ra Abdiyevich Bobolov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
Ulug‘bek Berdiqobilovich Qosimov esa Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Ulug‘bek Qosimov 2021-yil fevral oyidan shu kungacha Toshkent shahar prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. To‘ra Bobolov esa 2019-yildan buyon Surxondaryo viloyati hokimi edi.
Ulug‘bek Qosimov 1983-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2005-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2005-yilda Denov tuman prokuraturasida boshlab, Surxondaryo viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2011-yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, Qumqo‘rg‘on tumani prokurori, Muzrabod tumani va Denov tumani hokimi sifatida faoliyat yuritgan.
2018-yil noyabrdan 2019-yil sentabrigacha Surxondaryo viloyati prokurori, so’ng 2021-yil fevral oyigacha Farg'ona viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o'tamiz, 24-dekabr kuni Prezidentning tegishli farmoni bilan Ulug‘bek Qosimovga 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi maxsus unvoni berilgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41003 | Инструменты