Bugun Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyaning navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda federatsiyaning rahbariyati tarkibi qaytadan shakllantirib olindi.
Dastavval, Sport vazirining oʻrinbosari, mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov 2024-yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobot berib, Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik rejasi haqida toʻxtalib oʻtdi. Shundan soʻng kun tartibidan oʻrin olgan boshqa masalalar koʻrib chiqildi.
Federatsiya Ijroiya qoʻmitasi tomonidan tashkilot raisligiga Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Xidoyatov Sherzod Saidjanovich nomzodi ilgari surildi.
Yigʻilish ishtirokchilari nomzodni bir ovozdan qoʻllab-quvvatlashdi va Sherzod Xidoyatov Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi raisi etib saylandi.
Shuningdek, federatsiya rahbariyatining qolgan tarkibi quyidagicha koʻrinish oldi:
Raisning birinchi oʻrinbosari: Mahmudov Shahrullo Sharipovich;
Rais oʻrinbosari: Inoyatov Mirabbos Mirkomilovich;
Rais oʻrinbosari: Rasulov Rustam Abidjanovich;
Rais oʻrinbosari: Xolmirzayev Raxmon Donabayevich;
Bosh kotib: Mahmudov Olimjon Sharafutdinovich.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13118 | Инструменты