Huawei 1
Vyetnamda O‘zbekiston—Vyetnam qo‘shma savdo uyini ochiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 18-20-mart kunlari rasmiy tashrif bilan Vyetnam poytaxti Xanoy shahriga bo‘lib turibdi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, tashrif doirasida 19-mart kuni ikki davlat ishbilarmon doira vakillari ishtirokida O‘zbekiston—Vyetnam biznes forumi hamda B2B formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi.

Unda ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari, sanoat birlashmalari, tijorat banklari hamda 100 dan ortiq yirik vyetnam va o‘zbek kompaniyalari vakillari qatnashdi.

Forum doirasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish choralari muhokama qilindi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha, ikki davlat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator kelishuvlarga erishildi.

Xususan, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Vyetnam Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida Xoshimin shahrida O‘zbekiston—Vyetnam qo‘shma savdo uyini ochish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122305 | Инструменты