Huawei 1
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘l yo‘nalishi YTBning istiqbolli loyihalar ro‘yxatiga kiritildi

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston yo‘nalishi boshqa muhim bozorlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, Yevroosiyo makonida raqobatbardosh yo‘lakka aylanadi. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki hisobotida aytiladi.

Temir yoʻl yoʻnalishi Yevroosiyo transport tizimini rivojlantirish boʻyicha istiqbolli loyihalar xaritasida belgilandi. Yuk tashish salohiyati yiliga 7 dan 13 million tonnagacha baholanmoqda va qurilish olti yildan sakkiz yilgacha davom etishi mumkin.

Loyiha doirasidagi temir yoʻl liniyalarining uzunligi 523 kilometrni tashkil etadi – 213 kilometri Xitoy hududi, 260 kilometri Qirgʻiziston, 50 kilometri Oʻzbekiston hududidan oʻtadi. 90 ta tunnel, sidinglar, ko‘priklar, yuk tashuvchi temir yo‘l stansiyalarini qurish ko‘zda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты