Huawei 1
Xorazmda qiymati 10 mlrd dollardan ziyod yirik gaz-kimyo majmuasi quriladi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Kecha Prezident xorijiy investorlar bilan uchrashib, ularni 700 million dollarlik loyihalari bilan tanishdi. Shuningdek, mahalliy tadbirkorlarning ham 200 million dollar investitsiya kiritish takliflari ko‘rib chiqildi.

Sanoat uchun avvalo barqaror energiya manbalari zarur.

Boshqa viloyatlardagi kabi Xorazmda ham kecha Fransiyaning mashhur “Voltalia” kompaniyasi bilan hamkorlikda ilk bor 100 megavattli quyosh elektr stansiyasi qurilishiga start berildi.

Prezident yig‘ilganlarga yana bir muhim xabarni maʼlum qildi.

Xorazmda qiymati 10 milliard dollardan ziyod yirik gaz-kimyo majmuasi loyihasini barpo qilish bo‘yicha dunyoning shu sohada eng ilg‘or kompaniyalari bilan muzokara boshlangani taʼkidlandi.

Bu loyiha ishga tushsa, 3 mingta ish o‘rni yaratiladi, yiliga 2,4 million tonna yuqori qo‘shilgan qiymatli polimerlar ishlab chiqariladi. Bu nafaqat Xorazm uchun, balki respublika sanoatining flagmani bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты