Huawei 1
Yana bir soha vakillari Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkin

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida ishlovchi xodimlar ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

Hukumatning 2018-yil 1-noyabrdagi qarori bilan Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to'g'risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo'lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro'yxatiga kiritildi.

Eslatib o'tamiz, Ro'yxatda shu paytgacha 71 ta tashkilot mavjud edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60614 | Инструменты