Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov hamda YeTTBning Barqaror infratuzilma guruhi Yevrosiyo infratuzilmasi direktori Yekaterina Miroshnik boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Samarqand viloyatiga yangi elektrobus xarid qilish loyihasining birinchi bosqichi amalga oshirilgani va ikkinchi bosqichda yana 250 dona elektrobus olib kelinishi rejalashtirilgani ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, tomonlar mazkur loyihani Namangan va Nukus shaharlarida ham amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111411 | Инструменты